TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkent shahrining qator ko‘chalari changni bostirish uchun suv bilan yuvilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ishlarga maxsus texnikalar jalb qilingan. Ular poytaxt ko‘chalarini changdan tozalashga xizmat qilishmoqda.
Avvalroq Toshkentda 4-noyabrdan boshlab kuchli chang va qum bo‘roni kuzatilgan edi.
O‘zgidromet poytaxt havosidagi chang miqdori 30 barobargacha ko‘tarilganini ma’lum qildi. Yaqin kunlar ichida (ayrim xulosalarga ko‘ra 12-noyabrga qadar) Toshkent hududida yog‘ingarchilik kutilmayotgani bois havoda yuqori chang miqdori yuqori darajada saqlanib qolinishi kutilmoqda.
Chang bo‘roni tufayli “Tez yordamga” qo‘ng‘iroqlar soni ham oshib ketdi. Ko‘pchilik nafas siqishi bilan murojaat qilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida nimalar qilishga oid tavsiyalar berdi.
6 Noyabr 2021, 13:33