“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi

Bu yerda zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi, bu haqida prezident tomonidan 5-noyabr kuni imzolangan yangi qarorda aytib o‘tilgan.
Erkin iqtisodiy zona hududini kengaytirishda davlat va jamoat foydalanuvida bo‘lgan yerlardan 580,8 gektarer maydon ajratib beriladi.
Ushbu maydonlarda zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu hududda faoliyat yuritayotgan, innovatsion loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga “Urgut” EIZi a’zosi maqomi beriladi.
Samarqand qiloyati hokimligi Urgun EIZining yangi hududlari bosh rejalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida Urgut tumani hududida joylashgan “Urgut” EIZi 2017-yilda tashkil etilgan edi. Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 402 million dollarlikdan ziyod 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. “Urgut” EIZida sun’iy tolalari gilamlar, kiyim-kechak, elektr plita va duxovkalar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Jami 4,5 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.