Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik yosh bokschi ilk musobaqadayoq bronza medali sohibi bo‘ldi. Belgradda Madiyar Saidrahimov yarim finalda kubalik Olimpiya chempioni bilan kuch sinashdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Shu kunlarda Belgradda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh bokschi Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo‘ldi deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.
92 kg vazn toifasida ringga chiqqan Madiyar yarim finalda kubalik Xulio La Kruz bilan kuch sinashdi. Afsuski, amaldagi Olimpiada chempioniga qarshi bahsda vakilimizga biroz tajriba yetishmadi va u musobaqani bronza medali bilan yakunladi, - deyilgan xabarda.
Aytish joizki yosh bokschi Madiyar Saidrahimov uchun bu birinchi jahon chempionati va sportchi o‘zining ilk nufuzli musobaqasidayoq sovrindor bo‘ldi, - deb yozadi MOQ.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov 4-noyabr kuni finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. 60 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan sportchi ning eronlik raqibi Doniyol Shohbaxsh jiddiy jarohat olgani tufayli ringga chiqmaydigan bo‘ldi.