TOShKENT, 4 noya - Sputnik. O‘zbekistondan tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga jalb qilinayotgan fuqarolar maoshi necha puldan boshlanishi ma’lum bo‘ldi.
"Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi. Fuqarolarga qurilish sohasining 60 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar taklif etiladi.", - deyilgan Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabarida.
Mehnat migrantlariga Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o‘lkasida joylashgan "salohiyatli ish beruvchilari" tomonidan 10 mingta vakansiyalar taklif qilinayotgani aytib o‘tilgan.
Shuningdek, fuqarolar nomiga Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtirilishi ham alohida qayd etilgan.
Undan tashqari, kerak bo‘lsa nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta’minlanishi ham aytib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qurilish vazirligi RFning bir qator yirik milliy loyihalarida ishlash uchun O‘zbekistondan 10 ming nafar quruvchilarni tashkillashtirilgan tartibda yollashni rejalashtirgan. ushbu maqsadda Toshkent shahriga 40 nafar rossiyalik shiforlar, IIV vakillari yuborilgan edi. Ular bo‘lajak mehnat migrantlariga patentni O‘zbekistonda rasmiylashtirish uchun kerak bo‘ladigan jarayonlar: tibbiy ko‘rikdan o‘tish, daktiloskopiya, IIV bazasida tekshirish kabi jarayonlarni amalga oshirishda yordam berishlari kerak.