The Lancet “Sputnik Layt”ning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qildi

Nufuzli ilmiy jurnal “Sputnik Layt” vaksinasi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Tadqiqotlar koronavirusga qarshi bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasi bemorlar uchun xavfsiz va samarador ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalarini The Lancet ilmiy jurnali chop qildi, deya yozadi Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi matbuot xizmati.
Tadqiqot davomida vaksinani olganlarda nojo‘ya ta’sir yengil yoki o‘rtacha bo‘lgan. Jiddiy nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan.
Bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasi ham mustaqil, ham qo‘shimcha vaksina sifatida qo‘llanilganda samarador hisoblanadi. U 15 tadan ziyod mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan. Yana 30 ta davlatda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Turli vaksinalarning "Sputnik Layt"bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik ko‘rsatdi
Gamaleya nomidagi markazning oldingi tadqiqotlari “Sputnik Layt” koronavirusning delta-shtammiga qarshi emlangandan uch oy o‘tib 70 foiz samaradorligini ko‘rsatgan edi. Tadqiqotda Moskvada emlangan 28 ming kishi qatnashgan.