TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Qoraqalpog‘istondagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jabrlandi.
IIV YHXBB xabariga ko‘ra, hodisa 1-noyabr kuni soat 18:00 larda Amudaryo tumanidagi 4-R181 “Kipchoq-Mang‘it-Turkmaniston” avtomobil yo‘lining 12-13 kilometrida ro‘y bergan.
53 yoshli yuk tashuvchi motosikl haydovchisi U.Yu. harakatlanayotib, keskin ortga burilgan. Uning ortidan kelayotgan “Nexia” motosikl bilan to‘qnashib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. U yerda "Isuzu" yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
Natijada “Nexia” yo‘lovchisi 61 yoshli A.R. voqea joyida vafot etgan. Uning 4 yoshli nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan.
“Nexia” haydovchisi va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.