TOShKENT, 2 noya — Sputnik. 1-noyabr kuni Serbiya poytaxti Belgradda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt a’zosi keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun jang qildi.
Birinchi bo‘lib Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) yaponiyalik Sevonres Okazavaga qarshi to‘qnash keldi. Yaponiyalik bokschi Mo‘ydinxo‘jayev ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1/8 finalda o‘z ishtirokini yakunladi.
Saidjamshid Ja’farov (-75 kg) ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadega qarshi ringga ko‘tarildi. Ja’farov uchala raundda ham raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endilikda u chorak final doirasida 2-noyabr kuni tailandlik Verapon Jongjohoga qarshi jang qiladi.
Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) Xitoy Taypeyi vakili Chu Yen Laiga qarshi qilib, zafar quchdi. U musobaqaning chorak finalida kubalik Kruz Gomezga qarshi ringga ko‘tariladi.
Kecha so‘nggi bo‘lib jang qilgan Odiljon Aslonov (-80 kg) AQSh vakili Robbi Gonsalesga yengildi. Amerikalik 3:2 hisobida Aslonovdan ustun keldi.