So‘x aeroportiga birinchi samolyot kelib qo‘ndi

V novom aeroportu eksklava Sox prizemlilsya perviy samolyot
Sinov parvozi “Humo Air” aviakompaniyasining An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida amalga oshirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Farg‘ona viloyati So‘x tumanida barpo etilgan yangi aeroport dastlabki sinov parvozini qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Farg‘ona xalqaro aeroportidan amalga oshirilgan sinov “Humo Air” aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida amalga oshirilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga ko‘tarilgan layner soat 13:10 da So‘x aeroportiga kelib qo‘ngan.
Ta’kidlanishicha, Javohir Ma’rupov komandirligidagi ekipaj tomonidan amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatli bajarilgan. Samolyot soat 14:07 da Farg‘ona xalqaro aeroportiga qaytgan.
Postroyen noviy aeroport v Soxe
So‘xda aeroport qurib bitkazildi