Qashqadaryoda qo‘lga olingan jihodchilar orasida imom noibi bo‘lgani rad etildi

O‘MI masjid imom noibi deb keltirilgan kishi aslida boshqa kasb egasi ekanini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryoda qo‘lga olingan jihodchilar orasida masjid imom noibi bo‘lganini rad etdi.
Ma’lum qilinishicha, mutasaddi idoralar bilan muloqotlar olib borilgan.
“Ushbu xabarda guruh a’zolari qatorida keltirilgan masjid imom noibi aslida boshqa kasb egasi ekani ma’lum bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bugungi murakkab davrda hushorlik va ogohlik har qachongidan ham dolzarb vazifa ekanini teran anglagan imom-xatiblar, imom noiblari va diniy soha xodimlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
Sirdaryoda bir guruh jihodchilar qo‘lga olindi: ular Sardoba fojiasi ortidan pul ishlashgan
Avvalroq DXX Qashqadaryo viloyatida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining noqonuniy guruhi faoliyatiga chek qo‘ygani xabar qilingan edi. Qo‘lga olingan 12 kishi orasida, jumladan, masjid imom noibi borligi aytilgandi.