Boks. Uch o‘zbek bokschisi JCh chorak finaliga yo‘l oldi

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Halokov raqiblarini yer tishlatishdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov, Abdumalik Halokov chorak finalga yo‘l olishdi.
-92 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Madiyor Saidrahimov qozog‘istonlik raqibi Aybek Oralbay ustidan 4:1 hisobida ustun keldi.
Boksor Madiyor Saidraximov
Shu tariqa Saidrahimov chorak finalga yo‘l oldi va u yerda angliyalik Lyuis Uilyamsga qarshi jang qiladi.
+92 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Lazizbek Mullajonov nimchorak finalda angliyalik Delisius Oryega qarshi ringga chiqdi. Lazizbek 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, chorak finalga yo‘l oldi.
Boksor Lazizbek Mullojonov
Endi u chorak finalda armanistonlik Chaloyan Davit bilan yuzlashadi.
-60 kg vazn toifasi vakili Abdumalik Halokov nimchorak finalda sloveniyalik bokschi Tadey Chernoga imkon qoldirmadi va chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Boksor Abdumalik Xalakov
Halokov chorak finalda rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi jang o‘tkazadi.
Avvalroq Shahobiddin Zoirov yaponiyalik Tomoya Suboiga imkoniyatni boy berib, chorak final yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.
Boks. Shahobiddin Zoirov JChda alamli mag‘lubiyatga uchradi