TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Rosssiya prezidenti Vladimir Putinning bir barrel uchun neft narxi 100 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligi haqidagi gaplari AQSh, Hindiston va Yaponiyani tashvishga solib qo‘ydi, deya yozadi “Bloomberg”.
Maqolada ta’kidlanishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati mamlakatda benzin narxi yetti yillik rekordga yetganidan xavotir bildirgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, iste’molchi mamlakatlar uni neft qazib olish hajmini ko‘paytirishga majburlash uchun OPEK+ ga bosim o‘tkazishni oshirishmoqda.
“Bir necha haftaki AQSh ma’muriyati OPEK+ ni ko‘proq neft qazib olishga chaqirmoqda”, - deyilgan maqolada.
Bundan tashqari, Yaponiya ham xuddi shunday chaqiriq bilan chiqqan. Maqola mualliflari Xitoy bu masala yuzasidan fikr bildirmagan bo‘lsada, biroq qazib olishni ko‘paytirish fikriga qo‘shilishini ta’kidlashgan.
“AQSh, Yaponiya va Hindiston rasmiylari o‘zaro alohida suhbatlashishgan. Shuningdek, boshqa yirik iste’molchilar va neft eksport qiluvchi mamlakatlarga murojaat qilishgan. Chaqiriqlar taxminan uch hafta oldin boshlangan”, - deyilgan maqolada.
Vladimir Putin 13-oktabr kuni Rossiya energetika haftasida nutq so‘zladi. O‘shanda undan neft 100 dollargacha qimmatlashishi mumkinmi deb so‘rashdi. Rossiya rahbari “Bo‘lishi mumkin” deb javob qaytardi.