O‘zbekiston Usturtdagi investitsion loyihada “British Petroleum”dan voz kechdi

Usturtdagi ushbu konda ugvodorodlar zaxiralari 500 million barrelga teng deb baholangan. Loyiha yangi inverstorlarni kutmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston hukumati Usturt hududida uchta investitsiya blokini o‘zlashtirish uchun Britaniyaning British Petroleum kompaniyasi o‘rniga yangi investor jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "O‘ztransgaz" AJ boshqaruvi raisi Behzot Narmatov so‘zlariga tayanib “Interfax.az” xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ozarbayjonning SOSAR neft kompaniyasi va "O‘zbekneftgaz" AJ o‘rtasida 2019-yilning may oyida O‘zbekistonning Usturt hududidagi uchta investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlari salohiyatini baholash hamda qo‘shma tadqiqotlar olib borish bo‘yicha Bitim imzolangan edi.
Socar Qashqadaryoda neft qazib olish hajmini oshiradi
“Xalqaro kompaniyalar o‘z strategiyasini o‘zgartirmaganlariga qadar, hammasi yaxshi edi. Yangi uglevodorodlar loyihalariga sarmoya kiritishni to‘xtatib, “yashil” yo‘lni tanlab, dekarbonizatsiya tarafga yurmaslaridan avval, ish a’lo darajada rivojlanayotgan edi. Biz mahsulot taqsimoti va geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha shartnomaga imzo chekish arafasida edik. SOSAR kompaniyasi loyihada 25% gacha ulush bilan ishtirok etmoqchi edi, lekin, albatta, “BP” asosiy investor edi. Britaniya kompaniyasining siyosati o‘zgargandan so‘ng, loyiha to‘xtab qoldi. Hozir biz ushbu loyihaga boshqa kompaniyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqapmiz”, – dedi Behzot Narmatov.
Uning ta’kidlashicha, Ozarbayjon neft kompaniyasining loyihaga bo‘lgan qiziqishi so‘nmagan, chunki tadqiqot ishlari asosida BP ko‘magida tashkil qilingan bo‘lishiga qaramasdan, katta hajmdagi ish, asosan SOSAR kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan.
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi

“SOSAR loyihada qoldi. Bu katta loyiha, neft, ilm-fan va qo‘shimcha resurslarni talab qiladi. Bu yerdagi ugvodorodlar zaxiralari 500 million barrelga teng. Loyiha hali ham tirik, kutish rejimida turibdi”, – dedi u.

Narmatovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hozirda “bir nechta kompaniyalar bilan parallel ravishda” yangi investorlarni jalb qilish masalasini muhokama qilmoqda.
“Loyihaga kirayotgan yangi hamkorni ommaga e’lon qilish, birinchi navbatda, bizning hamkorimiz bo‘lgan SOSAR bilan kelishishni talab qiladi. Ularsiz biz oldinga qadam tashlay olmaymiz”, – deya qo‘shimcha qildi u.