Rossiyada bepul o‘qing: o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun qabul kampaniyasi uzaytirildi

Rossiya oliygohlarida o‘qishni xohlovchilar saralashda ishtirok etish uchun arizani onlayn topshirishlari mumkin. Chet elliklar uchun ajratilgan kvota 23 ming o‘rinni tashkil qiladi
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik, Danara Kurmanova. "Rossotrudnichestvo" Federal agentligi MDH mamlakatlari abituriyentlari uchun qabul kampaniyasi muddatini uzaytirmoqda.
Rossiya oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, mutaxassisilik, magistratura, ordinatura va aspirantura dasturlari bo‘yicha bepul ta’lim olish uchun hujjatlarni 25-noyabrga qadar topshirish mumkin.
Ilgariroq, agentlik chet el fuqarolari uchun tanlov 1-noyabrga qadar o‘tkazilishini xabar qilgandi. Ammo o‘qishga kirishni istovchilar uchun pandemiya davrida yuz kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda, "Rossotrudnichestvo" qabul jarayonini qariyb bir oyga uzaytirishga qaror qildi.
Rossiyada bepul o‘qishni istaysizmi? "Rossotrudnichestvo" qator imtiyozlarni e’lon qildi
Bu haqda Sputnik agentligiga "Rossotrudnichestvo" rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov xabar bergan.
"Kvota olish uchun arizani onlayn tarzda education-in-russia.com sayti orqali topshirish mumkin. Bu, ayniqsa, hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida davlatlarda joriy etilgan ba’zi cheklovlar fonida juda qulay", - deya tushuntiradi Shevsov.
2022/2023 o‘quv yillarida kvotalar hajmi 23 ming o‘rinni tashkil qilmoqda. Agentlik uchun MDH-davlatlari ustuvorlik kasb etadi. Ilgariroq, "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov o‘tgan galgi qabul natijalari bo‘yicha bo‘yicha topshirilgan 80 mingta arizalarning 30%i aynan yaqin xorij davlatlaridan kelib tushganini qayd etgan edi.
Mehnat bozorida Rossiya OTMlari filiallari bitiruvchilariga talab qanchalik yuqori?
Yangi o‘quv yilida topshirilgan arizalar soni hozircha aniqmas, chunki qabul hamon davom etmoqda. Ammo "Rossotrudnichestvo" hozirdanoq Rossiyada o‘qishga arizalar soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgan davlatlarni ajratib ko‘rsatishi mumkin.
"MDH davlatlari haqida gapirar ekanmiz, u holda arizalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda - Tojikiston, ikkinchi o‘rinda - Turkmaniston va uchinchi o‘rinda - Qozog‘iston kelmoqda. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni esa Belarus hamda O‘zbekiston egallagan", - deydi Shevsov.
Qabul kampaniyasining oraliq baholashiga ko‘ra, eng talabgir yo‘nalishlar uchligidan - davolash ishi, iqtisodiyot va stomatologiya o‘rin olgan.