TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida 7-oktabr kuni Qobulga uyushtirgan rasmiy tashrifi taassurotlari haqida gapirdi.
Kamilov Afg‘oniston va O‘zbekiston munosabatlariga to‘xtalar ekan, Respublika va "Tolibon" harakati o‘rtasida 90-yillardayoq aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlaydi.
"...1999 yilda O‘zbekistonda bugun (Afg‘oniston) tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Amir Xon Muttakiy boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida anjuman o‘tkazilgan. Bilasizmi, (Moskva formatidagi yig‘ilishda) Sergey Lavrov chiqishida bitta yaxshi fikr yangradi, ya’ni bu reallik va undan qochib bo‘lmaydi, shunday ekan, bu yo‘nalishda birgalikda ishlash kerak, deyildi. Boshqa muqobil variantlar yo‘q. Ammo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga ega bo‘lish, ta’sir ko‘rsatish, rag‘batlantirish va yordam berish - boshqa. Boshqa mintaqada o‘tirib, inklyuziv hukumat tuzishni talab qilish - boshqa", - deydi Kamilov.
O‘zbekiston TIV rahbari afg‘onlar va musulmon dunyosidagi sheriklar bilan muloqot tajribasidan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlaydiki, ko‘plab masalalar yechimi Sharqda o‘ziga xos xususiyatni talab etadi. Mavjud standart yondashuvlar hamisha ham natijador bo‘lavermaydi.
"Shu bois, biz (afg‘on sheriklari bilan) doimiy aloqalarga ega bo‘lishni istadik", - deya tushuntiradi diplomat.
Kamilov, shuningdek, shu kunlarda O‘zbekiston tomoni Termiz shahriga Xanafiy boshchiligidagi yirik Afg‘oniston delegatsiyasini taklif etganini aytadi. Moskva formatidagi uchrashuvga ham afg‘on delegatsiyasi Xanafiy rahbarligida tashrif buyurgan edi.
Termizdagi muzokaralarda nafaqat vertikal - mamlakat rahbariyati darajasida, balki gorizontal darajada hamkorlik qilishga kelishib olingan. Toki har bir vazirlik va idora barcha sohalarda - chegaradagi xavfsizlik bo‘ladimi, iqtisodiy aloqalar, savdo, insonparvarlik yordami yoki ta’lim - o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishsin.
Qolaversa, O‘zbekistonda afg‘on talabalari tahsil olishmoqda va ular o‘z ta’limini davom ettirashidi.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston tushunchasida, "Tolibon" reallikni anglaydi.
O‘zbekiston TIV yetakchisining ta’kidlashicha, yangi hukumat chindan ham regional va keng xalqaro hamjamiyatga chindan ham integrallashishni istaydi.
"Ular ayrim pozitiv qadamlarni qabul qilishga tayyor. Tabiiyki, qirq yillik urushdan keyin, tarli mafkuralar mavjud bo‘lib turgan bir vaqtda, o‘zgarishlar qiyinchilik bilan ro‘y beradi. Qolaversa, ular biz qo‘llab-quvvatlaydigan ayrim qadamlarni qabul qilishmoqda va biz shu ma’noda ular bilan birgalikda ishlar olib boramiz", - dedi Kamilov.
Vazir intervyu davomida yana bir misolni keltirib o‘tadi: O‘zbekiston chegarasiga yaqin joylashgan Balx provinsiyasiga amalga oshirilgan safarning ertasiga barcha qizlar maktabga borishgan. Boshqa regionlarda ham shunday bo‘lgan. Toliblar ayollar ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlashlari haqida va’dalar berishmoqda.
"Holat sekin-asta o‘zgarmoqda. Albatta, Afg‘oniston o‘ziga xoslikka ega, u o‘z an’analari, dini va qadriyatlariga ega musulmon davlati", - deydi diplomat va O‘zbekiston nazarida Afg‘oniston mintaqaviy oilaning va jahon hamjamiyatining bir qismiga aylana olishga qodir va shunga munosibligini qo‘shimcha qiladi.
Suhbat davomida Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston va Rossiyaning afg‘on masalasidagi qarashlari to‘laligicha bir-biriga mosligini ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, bu afg‘on muammosi singari o‘tkir masalada bizning hamkorlikdagi harakatlarimiz bo‘yicha ishonchli asosni tashkil etadi.