O‘zbekiston va Rossiya jurnalistlari o‘rtasida hamkorlik yanada rivojlantiriladi

Jumladan, ikki davlat jurnalistlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yosh jurnalistlar uchun seminar-treninglar tashkil etish, O‘zbekistonga rossiyalik jurnalistlar turizmini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Rossiyadagi "YevroMedia" xalqaro nashriyot uyi hokimiyat organlari bilan aloqalar departamenti direktori Galina Amirova, “MediaYug” nashriyot uyi ijrochi direktori Vladimir Denisov O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov bilan uchrashdi.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbekistonda rusiyzabon veteran-jurnalistlar kengashini tuzish taklif etildi
"Uchrashuvda 2019-yilda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Rossiya jurnalistlari uyushmasi o‘rtasida imzolangan memorandum ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ikki davlat OAV vakillarining hamkorligi masalalari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi", - dedi Sputnik muxbiriga bergan izohida Olimjon O‘sarov.