TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Qishloq xo‘jaligini jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda, bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda xabar qildi.
Prezident xususan, sohadada hosildorlikni kelgusi 5-yilda 2 baravar oshirish, eksportini 7 milliard dollarga yetkazish, xomashoni chuqur qayta ishlash va aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish kabi vazifalarni qo‘ydji.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda - klasterlar asosiy tayanch va yetakchi bo‘ladi, - dedi prezident.
Chunki paxtachilik sohasida tashkil qilingan klasterlar so‘nggi yillarda yaxshi natija ko‘rsatgan. Xususan, tolani qayta ishlash 2 baravar oshgan, ip-kalava ishlab chiqarish - 2 baravar, tayyor mahsulot ishlab chiarish - 3 barvvar oshib soha daromadi 3 milliard dollarga yetgan. Klasterlarda innovatsion yondashuv natijasida paxta hosildorligi ham 35-40 sentnerga yetgan.
Lekin sohada muammolar ham bor. Xususan - eskicha moliyalashtirish tartibi. Hozirgi kunda kreditlar ekinga tayyorlash vaqtidan boshlab berilishi kerak, lekin banklar buni kechiktirib, odatda ferval oylarida berishni boshlaydi. Shuningdek, dehqonlar kreditlar muddatini uzaytirish va miqdorini ko‘paytirishni so‘rashmoqda.
Bu tizim endi to‘liq o‘zgaradi. Kreditlar bundan buyon oktabr oyidan boshlab 24 oyga ajratila boshlaydi. ularning imtiyozli davri 11 oydan 18 oygacha bo‘ladi. Xullas, klaster xom-ashyoni ip kalavaga aylantirganidan so‘ng kreditni qaytaradi.
Ushbu sohani isloh qilish uchun budjetdan 10 trillion so‘m va 100 million dollar ajratiladi. Yangi tizimni joriy etish Moliya vazirligi va Markaziy bank zimmsiga yuklatildi.