TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Rossiya maxsus xizmatlari Murmansk viloyatining Kandalakshe shahrida harbiy obyektlarda teraktni amalga oshirishni rejalashtirgan "Islom davlati" tarafdorlarini yo‘q qildi.
"Islom davlati" xalqaro terrorchilik uyushmasining faol tarafdori bo‘lgan mahalliy fuqaroning jinoyat faoliyati fosh etilgan va hodisaning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmagan. U chet ellik emissarlar ko‘rsatmasiga binoan viloyatdagi harbiy obyektlarda terrorchilik aktlarini amalga oshirishni rejalashtirgan", - deyiladi relizda.
Terrorchini shahar chetidagi maxfiy tuynukdan qo‘lbola bombani chiqarib olayotgan vaqtda qo‘lga olmoqchi bo‘lishgan, ammo u qarshilik ko‘rsatib, o‘q uza boshlagan. Natijada, terrorchi javob zarbasi bilan yo‘q qilingan. Fuqarolar va kuch tuzilmalari orasida jabrlanganlar yo‘q.
Favqulodda holat yuz bergan joy va terrorchining uyidan butun boshli arsenal: jumladan, foydalanishga tayyor bomba, yana bir bomba uchun tayyor komponentlar, sovuq qurol, o‘qotar qurol, turli kalibrdagi boyepripaslar, shuningdek, konspirativ aloqa vositalari aniqlangan.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot