TOShKENT, 25 okt - Sputnik. MSK 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xabarda aytilishicha, ayni damda barcha saylov uchastkalarida bulletenlar hisoblab bo‘lingan. Ularning natijalari quyidagicha:
80,1 % Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP);
6,6 % Maqsuda Vorisova (O‘zXDP);
5,5 % Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish” DP);
4,1 % Narzullo Oblomurodov (Ekopartiya);
3,4 % Bahrom Abduhalimov (“Adolat” SDP).
"O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi xalqaro mezonlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligimizga, unda belgilangan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi", - dedi MSK raisi Nizomxo‘jayev.
Predvaritelnie itogi viborov
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Aytish joizki, bu yilgi O‘zbekiston prezidenti saylovida aholi faol ishtirok etdi. Mahalliy vaqt bilan soat 11:00da saylovchilarning 33.6 % (6,7 mln kishi) ovoz berishga ulgurgan edi. Saylov qonunchiligiga muvofiq saylovchilarning 33% ovoz bersa, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi.
Soat 20:00 holatiga saylovichilarning 80,4% ovoz berishdi, 16 mln
Saylovni kuzatib borgan xalqaro ekspertlar uning qonunlarga muvofiq ravishda bo‘lib o‘tganini qayd etishdi. Xususan, MDH ijroiy kotibi, MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedev "Saylovlar O‘zbekiston saylov kodeksiga mutlaq muvofiq va yuqori darajada" bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.
Respublika bosh prokurori hisobotiga ko‘ra, saylov jarayonida birorta ham qonunbuzarlik holatlari qayd etilmadi.
Prezident saylovlarida nafaqat O‘zbekiston ichida yashayotgan, balkim xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham faol ishtirok etishdi.
Predvaritelnie itogi viborov
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Xususan, Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida ovoz berish uchun minglab fuqarolar kelishdi. Natijada ko‘chada ham uzun navbat paydo bo‘ldi. Ob-havo salqin bo‘lganini hisobga olib, elchixona navbatda kutib turganlarga issiq choy va buterbrodlar tarqatildi.
Saylov jarayonlari mamlakatning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkalariga o‘rnatilgan 414 ta videokameralar orqali onlayn translatsiya qilindi.
Ovoz berish jarayonlarini akkreditatsiyadan o‘tgan 1672 nafar mahalliy va xorijiy jurnalistlar tomonidan keng yoritildi.
Undan tashqari saylovni 20ga yaqin xalqaro tashkilotdan, 50ka yaqin davlatdan kelgan 1000 nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bevosita kuzatib borildi.
Shuningdek, mahalliy partiya va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridandan 64 450 nafar kuzatuvchi respublikaning barcha viloyat va hududlarida joylashgan saylov uchastkalarida bo‘lib, kuzatib borishdi.