TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Moskva shu hafta Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini jo‘natishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.
“Biz bu hafta ro‘y berishiga juda umid qilyapmiz... oziq-ovqat va tibbiyot vositalari”, - dedi Kabulov.
U yuklarni yetkazib berishda, jumladan, Rossiya Mudofaa vazirligi va FVV qatnashishini ta’kidladi.
Kabulovning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat gumanitar yordam yetkazib beriladi, balki u yerdan Rossiya fuqarolari va talabalar olib kelinadi.
20 oktabr kuni Moskvada Afg‘onistonga oid Moskva shaklidagi maslahatlashuvlarning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva yaqin vaqt ichida Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini jo‘natishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sentabr o‘rtalarida qo‘shni mamlakatga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi. Bundan tashqari, respublika Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi mamlakatlar bilan afg‘on xalqiga yordam berish masalalarini muhokama qilmoqda.