Toliblar Erondagi Afg‘onistonga oid TIV rahbarlari uchrashuvida ishtirok etishmaydi

Eron TIV Tehrondagi yuzma-yuz tashqi ishlar vazirlar uchrashuvida oltita mamlakat ishtirok etishini e’lon qilgan edi
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* radikal harakati vakillari bo‘lajak Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etishmaydi. Bu haqda toliblar tomonidan muvaqqat hukumatda axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.
“Afg‘oniston Islom Amirligi” hukumatidan hech kim Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar TIV rahbarlari uchrashuvida qatnashmaydi”, -dedi Mujohid. Uning so‘zlaridan Ariana News telekanali iqtibos keltirgan.
18 oktabr kuni Eron TIV Tehrondagi yuzma-yuz tashqi ishlar vazirlar uchrashuvida oltita mamlakat ishtirok etishini e’lon qilgan edi: Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston. Bu shakldagi birinchi uchrashuv 8-sentabr kuni onlayn bo‘lib o‘tgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV