Saylov jarayoni umumtan olingan xalqaro qoidalar asosida bo‘lib o‘tmoqda – bosh prokuror

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bugungi siyosiy tadbirning, saylovning tinch va osoyishta o‘tkazilishi, jamoat tartibining saqlanishi qat’iy nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda saylov jarayoni umumtan olingan xalqaro qoidalar asosida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha hududlardagi tezkor - tergov guruhlari o‘z faoliyatini kuchaytirilgan holda uzluksiz amalga oshirmoqda.
Bugungi siyosiy tadbirning, saylovning tinch va osoyishta o‘tkazilishi, jamoat tartibining saqlanishi qat’iy nazoratga olingan.
Bosh prokuror soat 15:00 ga qadar saylov jarayonidagi qonun buzilishlari haqidagi murojaat kelib tushmaganini ma’lum qildi.
“Kimning-ki, saylash yoki saylanish huquqlari buzilsa yoxud fuqarolarimiz saylov qonunchiligini buzish holatlariga guvoh bo‘lsa, zudlik bilan hududiy prokuratura organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, - dedi Yo‘ldoshev.
MSK ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti saylovlarida soat 13:00 ga qadar 10 mln 462 ming 575 kishi (52,7 %) ovoz bergan.
O‘zbekistonda prezident saylovi - onlayn