O‘zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi

Mamlakat bo‘ylab barcha saylov uchastkalari yopildi. Komissiya a’zolari ovozlarni hisoblashni boshlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da O‘zbekistondagi saylov uchastkalari yopildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Mamlakat bo‘ylab barcha saylov uchastkalari yopildi. Komissiya a’zolari ovozlarni hisoblashni boshlashdi.
1 / 4
2 / 4
Podschet golosov na viborax prezidenta Uzbekistana
3 / 4
Podschet golosov na viborax prezidenta Uzbekistana
4 / 4
Chet ellardagi Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayonlari yakunlangan. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan.
MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovning dastlabki natijalari ertaga, 25-oktabr kuni soat 16:00 da e’lon qilinadi.
Moskvada minglab o‘zbekistonliklar prezident saylovida ovoz berish uchun turnaqator bo‘lishdi