Kobul universiteti o‘zbek tili o‘qitilishini rivojlantirmoqchi

Universitet rektori Ashraf G‘ayrat o‘zbek tili o‘qitilishini rivojlantirish niyatida ekani aytilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Kobul universiteti rektori Ashraf G‘ayrat o‘zbek tili o‘qitilishini rivojlantirmoqchi. U bu haqda chet tillari kafedralari boshliqlari ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Sputnik Afg‘oniston o‘z manbasiga tayangan holda.
Manba oliygohda darslar qachon boshlanishi haqida rektor hech narsa deya olmaganini ma’lum qilgan. “Balki ertaga, balki bahorda”, - deya javob bergan Afrash G‘ayrat.
Rektor oliygohdagi kadrlar yetishmasligini tan olgan. Ko‘p o‘qituvchilar “Tolibon”* hukumatni egallab olgandan keyin mamlakatni tark etishgan. Uning so‘lariga ko‘ra, toliblar ularni qaytarishga urinib ko‘radi yoki yangilarini izlab topadi.
O‘zbek tili Afg‘onistonda rasmiy tillardan biri bo‘lib qoladi - TIV