Bola asrab olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farzand asrab olish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bola asrab olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi. Prezident tegishli qonunga imzo chekdi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.
Xususan, hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin emas.
Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi bo‘lishi taqiqlangan
O‘zbekiston internatlarida bolalar soni ikki baravar ko‘p - YuNISEF
Qonun bilan ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan hamda farzandlikka olishga to‘sqinlik qilmaydigan jinoyat turlarini sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga nisbatan farzandlikka va vasiylikka olish imkoniyati yaratilmoqda.
Shuningdek, hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.