TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekistonda rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolmoqda, deb bayonot qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
"O‘zbekistonda rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolmoqda, Rossiyada esa rus tiliga bo‘lgan qiziqish tobora ortmoqda", degan O‘zbekiston TIV rahbari.
Kamilovning qayd etishicha, MDH forumida Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus tilining millatlararo muloqot tili sifatidagi ahamiyati haqida gapirgan.
"Biz O‘zbekistonda hamisha bu haqda gapirganmiz", — degan diplomat.
O‘zbekiston TIV rahbarining qayd etishicha, keyingi vaqtda tomonlar madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikka katta e’tibor qaratishni boshlaganlar. Jumladan, O‘zbekistondagi Rossiya oliy ta’lim muassasalari soni 15taga yetgan, rus tilini o‘rganish markazlari tashkil etilmoqda, Rossiya ijodkorlari Toshkent va mamlakatning boshqa regionlarida tez-tez ijodiy safarlar bilan tashrif buyurishmoqda.