20 oktabr kuni Moskvadagi Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari kollegiyasida 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi tasdiqlandi - gap 139ta qo‘shma tadbir haqida bormoqda. Ustuvor vazifalar - qo‘shma harbiy tizimlarni rivojlantirish, Belarus va Rossiya kuchlarining mintaqaviy guruhlanishi, shuningdek radiatsiya, kimoviy va biologik himoya, radioelektron kurash, topogeodeziya va navigatsiya ta’minoti sohalaridagi hamkorlikdan iborat.
Minsk va Moskva 2023-yilda "Ittifoq qalqoni" qo‘shma strategik mashg‘ulotlarini o‘tkazishga kelishib oldilar. Belarus Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasi harbiy obyektlari - Baranovichi shahridagi raketa hujumlari to‘g‘risida ogohlantirish tizimi uzeli va Vileyka shahridagi harbiy dengiz floti radiostansiyasini joylashtirish to‘g‘risidagi bitimlar uzaytirildi. Mamlakatlar Ittifoq davlatining mudofaa sohasidagi yondashuvlari birligi va amaliy muammolarni hal etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Xavfsizlikka bo‘layotgan tahdid, G‘arb davlatlari tomonidan siyosiy va iqtisodiy bosim Rossiya va Belarusni yaqin kelajakda Ittifoq davlatining yangi Harbiy doktrinasini qabul qilishga majbur etmoqda.
Belarus-Polsha va Belarus-Litva chegaralarida "portlovchi ziddiyat" saqlanib qolmoqda. Avvalroq, Varshava Belarus chegarachilari tomonidan polshalik askarlar o‘qqa tutilgani (albatta, hech kim jabrlanmagan) haqida xabar bergan edi. Kollektiv G‘arb Belarus "itoatsizligi", Minskning Moskva bilan harbiy hamkorligi va "gibrid migrantlar"dan juda darg‘azab.
Leksington Instituti (AQSh davlat siyosati bo‘yicha tahlil markazi) katta tahlilchisi Sara Uaytning yozishicha, Rossiyaning "Belarus siyosiy tizimi, iqtisodiyoti va qurolli kuchlarining barcha darajalarda mavjudligi NATO sharqiy frontining g‘arbga tomon ortga surilishiga sabab bo‘lmoqda".
Bundan tashqari: "Agar Rossiya va Belarus bitta siyosiy tuzilmaga birlashadigan bo‘lsa, NATO fronti oldi davlatlari uchun yetkaziladigan xatar hajmini baholashning imkoni bo‘lmaydi.
Bunda xatar aynan nimada zohirlanishi aniq bo‘lmasa-da, ammo sharqiy yevropa mamlakatlarining NATOga a’zoligi 1991-yildan keyin alyansning mavjudligi singari har qanday oqilona asosdan mosuvodir.
Rossiya kimu - G‘arb kim
RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 20-oktabr kuni Rossiya-belarus harbiy kollegiyasida qabul qilingan qarorlar 2024-yilgacha Ittifoqdosh davlatning xavfsizligi mustahkamlanishiga xizmat qilishi haqida bayonot berdi. Gap aynan xavfsizlik to‘g‘risida bormoqda, "frontni shakllantirish" haqida emas (bu so‘z NATOda o‘ta tez-tez va ma’nisiz ishlatiladi).
Belarus va Rossiya hech kimga tahdid qilmayapti, faqatgina kollektiv G‘arbning siyosiy, iqtisodiy va harbiy bosimiga javob berishmoqda, xolos. Ittifoq davlatining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Minsk va Moskva Shimoliy Irlandiya yoki Meksikada harbiy manyovlarni o‘tkazayotgani yo‘q yoki bu haqda rejalashtirmayapti ham, taktik yadroviy qurol-yarog‘larni va tanklarni Kanadada jamlamayapti, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Polsha hududlariga da’vogarlik qilayotganmas. Va hozircha g‘arblik "sheriklarni" NATO sharqq tomon o‘ta kengayib ketgani, alyans qo‘shinlarini "qizil chiziqlar ortida" - chegaradosh Ukraina hududida joylashtirish mumkin emasligi haqida ogohlantirmoqda.
Belarus va Rossiyaning nega tashvish tortayotganini anglab, amerika Abrams tanklari va Bradley piyoda jangovar mashinalarini Litvadan tarixiy vataniga qaytarishga kech emas, Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandlar, Turkiyadagi B-61-12 termoyadroviy bombalarini ham xuddi o‘sha yoqqa yuborish darkor.
Vashington va Brussel Kiyev va Tbilisini NATOga kirishga chorlashi kerak emas, axir nizomning 5-moddasi alyans mamlakatlariga Rossiya Qrimi, Abxaziya yoki Janubiy Osetiyada beo‘y provokatsiyalarni o‘tkazishga huquq bermaydi.
Ukraina va Gruziyaga ushbu a’zolik katta ittifoqdoshlari panasida Rossiyaga qarshi harbiy qasos uchungina kerak. Pentagon va NATOdagilar RF Harbiy doktrinasini yoddan bilishlari kerak, hujjatda tajovuzkorlarga Brusseldan to Vashingtongacha assimetrik qasos kafolatlangan.
AQSh harbiy-siyosiy irodasiga to‘liq tobe bo‘lgan 28 Yevropa mamlakatlari rahbarlari bu mexanizm mavjudligiga ishonishlari yoki ishonmasliklari mumkin, lekin harbiy qo‘mondonlar ushbu tizimning samaradorligi va javob (yadroviy) zarba sifatini amalda tekshirmagani yaxshi.
Afg‘onistondagi 20-yil davom etgan missiyaning sharmandali yakun topishi yaxshi qurollanmagan toliblarga qarshi kurashgan Pentagon va uning ittifoqchilarining real jangovar qobiliyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Sharqiy Yevropada shunga o‘xshash harbiy avanturalarning rejalashtirilishi, NATO "miyasining o‘limi"ni eslatadi. Aytgancha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATOga ikki marta "miya o‘limi" tashxisini qo‘ygan edi.
Migratsiya – bu asosiy falokat emas
Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha qo‘shinlari bo‘linmalari uzoq yillar davomida NATO kontingenti tarkibida, qo‘lda qurol bilan Iroq va Afg‘onistonda tinchlikka putur yetkazish va insonlar odatiy hayot tarzini izdan chiqarishda ishtirok etganlar.
Bugungi kunda notinch mintaqalardan migratsiya to‘lqinlari Boltiqbo‘yi mamlakatlarigacha yetib bordi. Ularni na temir to‘siqlar, na chegarachilar to‘xtata oladi. Varshava va Vilnyus ro‘y berayotgan voqealarning mohiyatini tushunmayotgandek tutmoqda o‘zini, bor aybni esa o‘zidan sokit qilgan holda Minsk va Moskvaga ag‘darib, ularni "gibrid tajovuzda" ayblashga urinmoqda.
Jumladan, 19-oktabr kuni Polshaning "Huquq va adolat" hukmron partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy Rossiyani bir vaqtning o‘zida ikki frontda - Belorussiya chegarasi yaqinida va bevosita, muxolifat migrantlar himoyasiga chiqqan Varshavada Polshaga qarshi "ko‘p bosqichli gibrid urush" olib borishda aybladi.
Vashingtonning nochor "sattelitlari" Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdan yo‘l olgan odamlarning buyuk ko‘chishi oqimini Yevropaga tomon o‘zgartirishga urinishlari besamar kechmoqda. Ha, endi ular ko‘chalarda, bolalar bog‘chalarida, maktablarda va ishda qoramag‘iz "tajovuzkorlar" hamisha bo‘lishlariga ko‘nikishlari kerak bo‘ladi.
Berlin, Parij va London allaqachon bunga ko‘nikkan – ular osiyolik va afrikalik qochqinlarga turar-joylar qurib, ularni o‘qish va ishga jalb qilmoqda, shu bilan birga o‘zlarining geosiyosiy "xatoliklarida" ular hech kimni ayblashga urinmayapti.
Varshava va Vilnyus Yevropa Ittifoqida va NATOda bonuslarga ega bo‘lmoqchi edingizmi? Marhamat, qabul qilib oling va imzo cheking. Shu tarzda ma’nisiz ko‘ringan voqea bugungi kunda hatto tinch zamonda ham beshafqat bir hlatga aylanmoqda. Yevropadagi haqiqiy urush haqida "sheriklar" unutganlari ma’qul.
O‘tgan yilning oxirida Polshada strategik jamoaviy-shtab mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. NATO strateglari amerikaning Abrams tankalari, HIMARS - zalp bilan o‘t ochish tizimlari, Patriot ZRK va va hatto Polsha 2026-yildan oldin qabul qilib ololmaydigan F-35 qiruvchilari yordamida "sharqiy dushman" bilan urushni modellashtirdi.
Varshava besh kundan keyin taslim bo‘ldi, shu bilan birga old qismlar o‘z shaxsiy tarkibining 80 foizigacha yo‘qotdi, portlar dushman qo‘liga o‘tdi va NATOning qo‘llab--quvvatlashi "o‘yin" natijasiga jiddiy ta’sir qilmadi.
Shunday bo‘lsa-da, qisqa davr ichida NATOning tezkor munosabat bildirish kuchlari soni Belarus va Rossiya chegarasida ikki barobar ortib – harbiy xizmatchilar soni 40 ming nafarga yetdi. Alyans g‘arbiy yo‘nalishda harbiy-siyosiy vaziyatni yomonlashtirgan holda harbiy infratuzilmani mustahkamlashda davom etmoqda. NATO mamlakatlari mudofaa vazirlari 21-oktabr kuni Rossiyaga qarshi qaratilgan yangi "ikki dengiz (Boltiq va Qora dengizlari) o‘rtasidagi urush" strategiyasini tasdiqlashlari kerak.
Rossiya va alyans munosabatlari - Brussel tashabbusiga binoan - batamom uzilgan. Pentagon rahbari Tbilisi, Kiyev va Buxarestda o‘z "satellit"larini jangovar ruhlantirishda shaxsan ishtirok etmoqda. G‘arb tahlilchilari voqealarning ushbu zanjirini "urushga tayyorgarlik" bilan bog‘lashmoqda, ammo bunda boshqa mamlakatlar soni ko‘proq - AQSh va RFning o‘zaro o‘t ochishi tufayli Sharqiy Yevropa mamlakatlari jabr chekadi. Keng ko‘lamli qurollangan mojarodagi ushbu vaziyatda birinchi navbatda NATOning qaror qabul qiluvchi markazlari yo‘q qilinadi.
Amerikalik ekspertlarni ta’kidlashicha, yuqori texnologiyali qurollar sohasida Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan ancha orqada qolgan, va Uchinchi jahon urushida yutqazishi muqarrar. Vashingtondagi Heritage Foundation tahliliy markazi AQSh Harbiy -havo kuchlari va kosmik kuchlarining salohiyati va jangovar qobiliyatini barcha yo‘nalishlarda "cheklangan" va "zaif" deb baholadi. AQShning Yevropadagi yosh ittifoqdoshlarining Belarus Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bilan qurolli to‘qnashuvga bo‘lgan maniakal istagida faqat mo‘’jizaga umid qilish mumkin xolos.
Belarus va Rossiyaning Moskvada o‘tkazilgan harbiy idoralarining qo‘shma kollegiyasi Ittifoq davlatining mudofaa salohiyatini mustahkamlashga, Minsk va Moskvaning qo‘shni Boltiqbo‘yi, Polsha va Ukraina hududlaridan Pentagon va NATO tahdidlariga assimetrik va keskin munosabat bildirishini tasdiqladi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram kanaliga a’zo bo‘ling.