Migrantlar diqqatiga: Rossiyaga kirish maqsadini davlatdan chiqmay o‘zgartirish mumkin bo‘ladi

Endilikda chet el fuqarolari Rossiyaga kirib kelish maqsadini mamlakat tashqarisiga chiqmasdan o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Rossiyada chet el fuqarolari mamlakatda bo‘lib turish maqsadlarini mamlakatdan chiqmay o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi. Bu RF IIV tomonidan ishlab chiqilayotgan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
"Endilikda alohida mamlakatda bo‘lib turish maqsadlarini (masalan, ish va o‘qishni) birlashtirish mumkin bo‘ladi", — dedi RF IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Kirill Adzinov.
Migrantlarga beriladigan ID-kartalarda qanday ma’lumotlar saqlanadi?
Uning so‘zlariga ko‘ra, chet el fuqarolari RFga kirib kelishda, kirish sababi sifatida qaysi yo‘nalishni belgilashlaridan qat’i nazar, ularga sayyohlik safarlarini amalga oshirish va tibbiy xizmat olish imkoniyati taqdim etiladi.
IIVda ta’kidlanishicha, chet el fuqarolari (va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar) Rossiyada davolanish uchun yangi turdagi - oddiy tibbiyot vizasini olishlari mumkin.
Bu viza bir yil muddatga beriladi.
Rossiyada bo‘lib turgan chet el fuqarolari bilan bog‘liq yana bir yangilik - endilikda ular mamlakatda ro‘y berayotgan muhim voqealar va ma’lum harakatlarni amalga oshirish haqida axborot texnologiyalari yordamida xabardor etiladi.