TOShKENT, 21 okt - Sputnik. AQShning Rutger universiteti olimlari hamda bir qator ilmiy muassasa mutaxassislari yadro urushining oqibatlari uzoq davom etadigan iqlim o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin, deya bashorat qilishdi. Bu haqda Journal of Geophysical Research: Atmospheres nashriga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Tadqoqotlarni olib borgan olimlar, zamonaviy sun’iy iqlim holatini yuzaga keltirishdi. Bunda oksid azoti va erozol otiladi. Va bu vaziyatda uning ozon qatlamiga, qolaversa, ultrabinifsha nurlarinining ta’sirini tekshirishdi.
Ushbu tadqiqotga ko‘ra, atom bombasini qo‘llanilishi ozon qatlamini uzoq yillarga barbod qilib, kuchli ultabinafsha nurlanishga olib kelar ekan.
Bu esa insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir o‘tkazib, oziq-ovqat mahsulotlariga ham o‘z zararini bildirmasdan qo‘ymas ekan.
Olimlar ayni shunday faraziy (gepotetik) tajribani Pokiston-Hindiston va Rossiya-AQSh davlatlari o‘rtasida yuzaga kelish mumkin bo‘lgan yadro urushining ssenariyalarini misol qilib olishdi.
Birinchi misolda atmosferada 5 megatonna qurum vujudga keladi. Mazkur vaziyatda ultrafiolet nurlanish bir yil oralig‘ida shiddat bilan o‘sishi kuzatiladi. Ozon qatlami bunday zarbadan so‘ng 25 foizga qisqarib, to‘liq o‘zini tiklab olishi uchun 12-yil talab etadi.
Eng qo‘rqinchli oqibat Rossiya va AQSh o‘rtasidagi yadro to‘qnashuvlaridan keyin hosil bo‘lishi mumkin. Olimlar 150 megatonna qurumning otilishi 7-yil o‘tganidan so‘ng ultrafiolet shiddat olishni ta’kidlashmoqda. Ozon qatlamining 75 foizga qisqarishi va bu vaziyat 15-yil davom etishi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ozon qatlami – yerdan 15-30 km balandliklarda joylashgan quyoshning ultrabinafsha nurlari va radiatsiyasidan saqlaydigan mustahkam qalqondir.