Serbiyadagi Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini qaysi bokschilar himoya qiladi?

Belgrad shahridagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Jahon chempionatiga 13 bokschi jalb qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston boks federatsiyasi Serbiyadagi Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoa a’zolari ro‘yxatini rasman ma’lum qildi.
25 oktabr - 6-noyabr kunlari Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini quyidagi bokschilar himoya qiladi:
-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov
-51 kg. Hasanboy Do‘smatov
-54 kg. Shahobiddin Zoirov
-57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov
-60 kg. Abdumalik Xalakov
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov
-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg. Shahram G‘iyosov
-75 kg. Saidjamshid Jafarov
-80 kg. Odiljon Aslonov
-86 kg. Shohjahon Abdullayev
-92 kg. Madiyar Saidrahimov
+92 kg. Lazizbek Mullajonov
Terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro‘zioxunov esa katta murabbiyi.
Avvalroq professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov JChga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritilgani xabar qilingan edi.