Och yo‘lbarslar Tojikistondagi qishloqlarga hujumga o‘tdi

Yo‘lbars 30 bosh mayda shoxli jonivorlarni bo‘g‘izlab ketgan, shuningdek, yana o‘nlab qo‘ylar, yirik shoxli jonivorlar yirtqich qurboniga aylangan
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Qo‘shni Tojikistonda och yo‘lbarslar mahalliy aholi xonadonlariga hujumga o‘tdi.
Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Samarqandda noyob Turkiston silovsini odamlar orasiga kirib keldi
Nashr xabariga ko‘ra, Tog‘li-Badax muxtor viloyatida och yo‘lbars mahalliy aholiga tegishli uy jonivorlariga hujum qilib, ularni yeb ketgan.
Hodisa 20-oktabr kuni tongga yaqin Zong qishlog‘ida yuz bergan.
Tojikiston FVV aholiga yo‘lbars va ayiqlardan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarida tog‘da jonivorlarni yakka boqmaslikni maslahat bergan.
Mollarni boqish faqat kunduz kuni, cho‘pon hamrohligida amalga oshishi kerak, har bir molboqar o‘zi bilan yirtqichlardan himoyalovchi individual himoya vositalarini olib yurishi darkorligi qo‘shimcha qilingan.