"Yangi O‘zbekiston" universitetida o‘quv yili boshlandi

Talabalar 2021-2022 o‘quv yilida mexanika muhandisligi, kimyo muhandisligi hamda dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil oladilar.
Sputnik
TOShKENT 20 okt - Sputnik. "Yangi O‘zbekiston" universitetida ilk o‘quv yili boshlandi.
Universitetda 18-23 oktabr kunlari tanishtiruv haftaligi o‘tkazilmoqda. Mazkur hafta davomida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, fan o‘qituvchilari, dars jadvallari, baholash mezoni, universitet tartib-qoidasi, shuningdek "Yangi O‘zbekiston" ta’lim portali (Intranet) bilan tanishtirib borilayapti.
Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlarida DTM ishtirok etmadi
Universitetga kirish imtihoni Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilib, 200 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilingan edi.
Talabalar 2021-2022 o‘quv yilida mexanika muhandisligi, kimyo muhandisligi hamda dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil oladilar.
"Yangi O‘zbekiston" universiteti o‘z yo‘nalishida "Dunyoning eng yaxshi 100 ta universiteti" reytingida 1-o‘rinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi.