Facebook kelgusi haftada o‘z nomini o‘zgartiradi

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning yangi nomi qat’iy sir ostida, hatto rahbariyatning hamma a’zolari bu nom qandayligidan xabardor emas.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Facebook kompaniyasi kelgusi haftada o‘z nomini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Verge portali o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi RIA Novosti.
"Facebook kelasi haftada o‘z nomini o‘zgartiradi, bu nom uning "metakoinot" tuzilishi yo‘nalishini aks ettirmog‘i kerak", - deyiladi portal saytida.
Ijtimoiy tarmoq rahbari Mark Sukerberg kompaniya nomi o‘zgartirilishini har yili o‘tkaziladigan Facebook Connect 28-oktabr kuni har yili o‘tkaziladigan anjuman davomida muhokama qilishni rejalashtirmoqda, ammo o‘zgarishlar haqida sal oldinroq e’lon qilinishi mumkin.
Facebook siyosati o‘zgaradi: Sukerberg odamlar tarmoqda kamroq o‘tirishini xohlayapti
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning yangi nomi qat’iy sir ostida, hatto rahbariyatning hamma a’zolari bu nom qandayligidan xabardor emas.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i 2004-yilning fevralida 19 yashar amerikalik talaba Mark Sukerberg tomonidan yaratilgan. Shtab-kvartirasi Menlo-Park (Kaliforniya)da joylashgan. Facebook kompaniyasiga shuningdek, Messenger, WhatsApp va Instagram ilovalari ham tegishlidir.
Sukerberg eng boy amerikaliklar ro‘yxatida uchinchi qatorni egallaydi, sentabr oyi boshida uning boyligi 134,5 milliard dollarga baholangan.