O‘zbekiston va YeOII

Haitov YeOII bilan hamkorlikning foydali jihatlarini sanab o‘tdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlik qilishi muhim ahamiyatga ega.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Aktam Haitov O‘zbekiston YeOII bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlari geografik joylashuvi va tarixiy aloqalar nuqtayi nazaridan O‘zbekistonning o‘zaro manfaatli savdo sheriklari hisoblanadi. O‘zbekistonning barcha tegishli omillarni puxta tahlil qilgan va hisobga olgan holda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlik qilishi muhim ahamiyatga ega.
“To‘rtta erkinlik” bozori — insonlar, mablag‘, xizmatlar va tovarlarning erkin harakatlanishi deb e’lon qilingan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi katta geografik maydonni egallaganini alohida qayd etish joiz”, - deyiladi xabarda.
Soliqlar, bojlar va xarajatlar tartibga solingan va kamaytirilgani bois, yagona hudud va iqtisodiy makondan foydalanish ishtirokchilarga ichki, sherikchilik (erkin zona chegarasida) va xalqaro savdoni yengillashtiradi. Masalan, meva-sabzavotlar, to‘qimachilik-trikotaj mahsulotlarga bo‘lgan barqaror o‘sish sur’atini hisobga olgan holda, ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilish eksportni ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin.
Hayitov yana bir muhim jihat tariqasida mehnat migratsiyasi omilini ko‘rsatgan. Bugungi kunda YeOIIga kirmaydigan mamlakatlarning vizasi bo‘lmagan fuqarolari uchun qo‘yilgan taqiqlari o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ahvolini qiyinlashtirmoqda.
“Jumladan, yurtimizdan borgan migrantlarga dorixonalar, statsionar bo‘lmagan chakana savdo obyektlari, do‘kon va bozorlarda mehnat qilish joiz emas. YeOII bilan hamkorlik fuqarolarimizga tashkilot doirasidagi umumiy mehnat bozorining barcha afzalliklari va imtiyozlaridan foydalanish, mehnat shartnomasiga ega shaxslarga Rossiyada muddatsiz qolish imkonini beradi”, - deydi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari.
Shuningdek, MDHning YeOII a’zosi bo‘lmagan mamlakatlarining “vizasiz” fuqarolari qonuniy ishga joylashishlari uchun patent olishlari kerak. Mehnat patenti uchun to‘lov bekor qilinganda, migrantlar uchun jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri foyda yiliga uch milliard dollarni tashkil etadi.
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev YeOII sammitida qanday takliflarni ilgari surdi
Ta’kidlanishicha, YeOII mamlakatlaridan qayta eksport qilish orqali arzon tovarlar, xususan, mashinasozlik, qora metallurgiya, oziq-ovqat, go‘sht-sut, yog‘ mahsulotlari va maishiy buyumlarning mamlkatga kirib kelishi kutilmoqda.
Deputat bu, bir tomondan, tarmoqning raqobatbardoshligini kuchaytirish, boshqa tomondan, YeOIIda faoliyatning shartli sharoitlariga yanada muvaffaqiyatli moslashish yo‘lida iqtisodiyotning muayan sektorlari uchun o‘tish davri zarurligini hisobga olish choralarini nazarda tutadigan taktikani ishlab chiqish muhimligini anglatishini qayd etgan.
O‘zbekiston va YeOII
Prezident: O‘zbekiston YeOII bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga erishdi
Bunday sharoitda milliy iqtisodiyot, tashqi savdo va migratsiya oqimlarini to‘g‘ri diversifikatsiya qilish YeOII bilan amaliy va oqilona siyosat yuritishga yordam beradi.
O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Nazarboyev: Tojikiston va O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishlari kerak