“Qanot Sharq” Toshkent-Moskva reyslarini amalga oshirishni boshladi

Jadvalga ko‘ra parvozlar Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi haftaning payshanba va shanba kunlari bajariladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi Toshkentdan Moskvaga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.
Birinchi reys 14-oktabr kuni amalga oshirilgan. A320-200 samolyotidagi parvozlar Vnukovo aeroportiga qo‘nadi.
Jadvalga ko‘ra parvozlar Toshkentdan haftaning payshanba va shanba kunlari bajariladi. Yaqin kunlardagi reyslar 21, 23, 28 va 30-oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida aviareyslar soni oshirilmoqda
“Qanot Sharq Airlines” xususiy aviakompaniyasi birinchi Airbus A320 yo‘lovchi samolyotini aprel oyida qabul qilib olgan edi. Yil oxiriga qadar aviatashuvchi qo‘shimcha ravishda yana ikkita katta sig‘imga ega Airbus A320ga ega bo‘lishi lozim.