TOShKENT, 17 okt — Sputnik. “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021-yil 28-mayda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtichokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Hamdo‘stlik ishtirokchi-davlatlarining geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasidagi o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida 1992-yil 9-oktabrdagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.