TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyada mehnat migrantlari uchun sharoitlarni yaxshilash zarur. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” nashri bilan suhbatda Rossiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti Sergey Katirin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda avvalgidek ishchi kuchi yetishmasligi kuzatilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa sohalarda kadrlar yetishmasligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Katirin rossiyaliklarni jalb qilish va o‘qitishga qaramasdan, Rossiya migrantlar bilan ishlashi kerak deb hisoblaydi.
U ko‘p chet elliklar Rossiyadagi mehnatdan malakalari oshgani bois voz kechishganini ta’kidladi. Chunki berilayotgan maosh ularning darajasiga mos kelmaydi.
Shuning uchun mehnat migrantlari Yevropa bozorlarida ishlashni afzal bilishmoqda.
“Agar migrantlar uchun jozibador bo‘lishni istasak, ularning hayoti, salomatligi uchun sharoit yaratishimiz, munosib maosh to‘lashimiz kerak”, - deydi Katirin.
U muayan shart-sharoitlar muhayyo qilingan taqdirda migrantlar ko‘proq Rossiyani tanlashlarini qo‘shimcha qildi.