TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Aktrisa Yuliya Peresild va rejissor Klim Shipenkodan iborat dunyodagi ilk kino ekipaji Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Roskosmos “Soyuz MS-18” kemasining Qozog‘iston sahrosiga qo‘nishini onlayn efirga uzatdi.
Kino guruhi Xalqaro kosmik stansiyada ikki hafta davomida bo‘ldi. Fazoda Rossiyaning “Vizov” (“Chaqiriq”) filmi suratga olindi.
Ekipaj Qozog‘istonning Jezkazgan shahrining 148 kilometr janubiy-sharqida qo‘ndi. Ular endi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va maxsus reysda Moskva viloyatiga olib kelinadi.
Rossiyalik kinoijodkorlar dunyoda birinchi bo‘lib ochiq fazoda 30-40 daqiqali filmni suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan.