Mirziyoyev mehnat migrantlarini "orgnabor" asosida ishga jalb qilishga doir taklif bildirdi

O‘zbekiston MDHda mehnat migrantlarining tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilishni joriy etishni tezlashtiradi - Shavkat Mirziyoyev.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston MDH davlatlarida mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda (orgnabor) ishga jalb qilish mexanizmlarini tezroq joriy etish tarafdori, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining onlayn uchrashuvi chog‘ida.
Shavkat Mirziyoyev MDHni rivojlantirish uchun 10 tashabbus bilan chiqdi
“Keyingi amaliy qadam davlatlarimizning iqtisodiy o‘sish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, MDH mehnat bozorini yaxshilash bo‘yicha qo‘shma choralar bo‘lishi kerak. Biz Hamdo‘stlik davlatlarida mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish mexanizmlarini tezroq joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev MDH tuzilmasini yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida qator tashabbuslarni bildirdi.
Sammit yakunida tashkilotning 30-yilligi munosabati bilan bayonot, biologik xavfsizlikni ta’minlash, migratsiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bayonotlar, Oliy sudlar vakillarining kengashini tuzish to‘g‘risida bitim hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlariga doir boshqa qator muhim hujjatlar qabul qilindi.