Lavrov RF bilan ittifoqdosh davlatlarda rus maktablari tashkil etilishi haqida so‘zlab berdi

Moskva barcha ittifoqdosh davlatlarda rus maktablari tashkil etilishidan manfaatdor - Sergey Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Rossiyaga ittifoqdosh bo‘lgan barcha mamlakatlarda rus maktablari tashkil etilishidan manfaatdor.
Lavrov: G‘arb Rossiyaga u kuchayib borayotgani uchun ham bosim o‘tkazishga urinmoqda
Lavrov xorijda istiqomat qiladigan rossiyalik vatandoshlarning VII Butunjahon kongressida rus tilini rivojlantirish haqida gapirar ekan “Tojikistonda ta’lim tizimi to‘laligicha bizning metodogiyamizga asoslangan beshta rus maktabi tashkil etilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston uchun ham xuddi shunday dastur ishlab chiqilayapti. Keyingi vaqtda yangi arman rahbariyati Armaniston uchun ham shu kabi dastur yaratilishiga qiziqish bildirdi”, dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu dastur barcha ittifoqdosh va strategik hamkorlar uchun andoza bo‘lib qolishidan manfaatdor.