“UzAuto Motors” avtomobillarni nima sababdan don omborida saqlamoqda

Kompaniya UzAuto Motors ushbu detalni olishi bilanoq, uni avtomobillarga o‘rnatadi va xaridorga topshirishini bildirgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. "UzAuto Motors" kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda "Chevrolet Lacetti" avtomobillari don ombori hududiga joylashtirilayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu avtomobillar tayyor, ammo ularda yarimo‘tkazgich detali mavjud emas.
“To‘g‘ri, shu kabi vaziyatlar mavjud. Gap shundaki, kompaniya kuniga 250—300 dona “Chevrolet Lacetti” avtomobilini ishlab chiqaradi. Biz ushbu avtomobillarni yarimo‘tkazgich detalining yo‘qligi sababli o‘z egalariga topshirolmaymiz. Avtomobil tayyor, ammo birgina detalning yo‘qligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab bo‘ladi. Masalan, xavfsizlik yostiqchalari”, - deyiladi xabarda.
Kompaniya "UzAuto Motors" ushbu detalni olishi bilanoq, uni avtomobillarga o‘rnatishi va xaridorga topshirishini bildirgan.
“Bu tayyor, ammo sotib bo‘lmaydigan avtomobillar zavoddagi tayyor mahsulot uchun ajratilgan joyni to‘ldirib bo‘lishdi. Mana shu sabab bilan “UzAuto Motors” “O‘zdonmahsulot” bilan avtomobillarni korxona hududida vaqtincha saqlash to‘g‘risida shartnoma tuzdi”, — deya qayd etiladi xabarda.
“UzAuto Motors” “Lacetti” ishlab chiqarish hajmini 12,5 foizga oshirdi