TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Termiz shahrida 15-oktabr kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlari muzokaralari rejalashtirilgan. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston tomonidan bu muzokaralarda ishtirok etadiganlardan biri ma’lum qildi.
“Uchrashuv ertaga Termizda bo‘lib o‘tishi kerak”, - dedi manba.
U kun tartibidan savdo-iqtisodiy masalalari o‘rin olganiga aniqlik kiritdi.
Gap, xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash o‘sishi uchun bo‘lgan to‘siqlarni olib tashlash, “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish tarmoqlari va “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” yo‘nalishi bo‘ylab temir yo‘l qurish loyihalarini amalga oshirish haqida boradi.
O‘tgan hafta O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg‘oniston muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra yaqin kunlarda Termizda qo‘shma muzokaralarni o‘tkazishga kelishigan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti