TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi qancha o‘zbekistonlik afv etilganiga aniqlik kiritdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyning so‘zlariga ko‘ra, 158 ming kishi haqida gap bormoqda.
Bu haqda u Moskvada bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston elchixonasi.
"Migratsiya amnistiyasi" sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan migrantlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
O‘tgan hafta Rossiya migrantlar federatsiyasi deportatsiya qilingan 150 ming o‘zbekistonlik va 150 ming tojikistonlikka mamlakatga kirish uchun ruxsat berilganini ma’lum qildi.