Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi etib tayinlandi

Sadir Japarov familiyadoshini Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi va prezident ma’muriyati rahbari etib tayinladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov familiyadoshi Akilbek Japarovni Vazirlar mahkamasi raisi va prezident ma’muriyati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Sadir Japarov imzolagan farmon bilan Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi – respublika prezidenti ma’muriyati rahbari etib tayinlandi. U ilgari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan ozod etildi”, - deyilgan hujjatda.
Shuningdek, Qirg‘iziston yetakchisi boshqa farmoni bilan Hukumatning yangi tarkibini tasdiqlagan. Unga ko‘ra asosiy va aksariyat vazirlar o‘z lavozimlari saqlab qolishgan.
Sadir Japarov Qirg‘iziston hukumatini iste’foga chiqardi