TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) yangi “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” davlat xizmati ishga tushdi.
Bu xizmat orqali fuqarolar haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, o‘z hujjatlarini IIVning hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga yuborishadi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
Portal orqali ariza yuborilgach, ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari fuqaroga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirib, nazariy va amaliy imtihonlarga kirishga ruxsat beriladi. Ruxsatnoma fuqarolarga 3 ish kuni ichida taqdim etiladi.
Xizmatdan yagona portal orqali foydalanish narxi 24,3 ming so‘m (10 foiz chegirma bilan).
Xizmatdan yagona portal orqali foydalanish narxi 24,3 ming so‘m (10 foiz chegirma bilan).