TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Siyosatshunos, Moskva hukumati huzuridagi kengashning migratsiya komissiyasi raisi, "Yaxshi qo‘shnichilik" xalqaro munosabatlarni rivojlantirish jamg‘armasi loyihalari direktori Yuriy Moskovskiy bundan keyin nima qilish kerakligini tushuntirdi.
"Ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik uchun sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborilgan kishilar amnistiyaga tushdi".
Yuriy Moskovskiy so‘zlariga ko‘ra, buni faqat chet el fuqarolariga nisbatan qilish kerak, faqat O‘zbekiston va Tojikiston emas. Ikkita ma’muriy huquqbuzarlik uchun chiqarib yuborish amaliyotini bekor qilib, uni jarima bilan almashtirish kerak.
O‘z navbatida, migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash institutining etakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev bu kutilgan yangilik deb hisoblaydi:
"Oldindan rejalashtirilganidek, mahbuslarni ishga jalb qilishdan ko‘ra, kirishga taqiqni olib tashlash osonroq".
Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov 150 ming nafar O‘zbekiston fuqarosidan Rossiyaga kirish taqiqi olib tashlandi.
Bundan tashqari, "zapret"ga tushgan 150 ming Tojikiston fuqarosi ham Rossiyaga hududiga kirishi mumkin.
Afv sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan xorijliklar toifasiga taalluqli emas.
Agar mamlakatdan chiqarib yuborish va taqiq qo‘yish qarori Rossiya IIV tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, hozirda taqiq bor yoki yo‘qligini mvd.rf saytida tekshirish mumkin.
Shuningdek, Kojenov migrantlarni pul evaziga “zapret”dan chiqarib berishni taklif qiluvchi firibgarlardan ogohlantirdi. Chunki fuqaroning o‘zi mustaqil buni tekshirib ko‘rish imkoniyati ega.