Nemislar Polshani Yevropa Ittifoqidan siqib chiqarmoqchi

Polsha Konstitutsiyaviy sudining Yevropa Ittifoqi qonuni haqidagi qarori Der Spiegel o‘quvchilarining keskin tanqidiga uchradi
Sputnik
TOShKENT, 11-oktabr -Sputnik. Germaniyaning Der Spiegel nashri Polsha konstitutsiyaviy sudining milliy konstitutsiya YeI qonunchiligidan ustuvor, degan qaroriga bag‘ishlangan maqolani chop etdi.
Nashr ta’kidiga ko‘ra, Lyuksemburg TIV rahbari Jan Asselborn Polsha hukumati rahbarining harakatini "olov bilan o‘ynashish", deya baholagan.
Internet-foydalanuvchilar izohlarda Polsha tomonidan qabul qilingan qarorni qattiq tanqid qilib, mamlakatni YeIdan chiqarib yuborishga chaqirganlar.
"Ketaversin. Polsha - YeIdan eng ko‘p foyda ko‘radigan mamlakatlardan biri, agar u ketmoqchi bo‘lsa, ketaversin. Shu bilan birga, Polsha tinchlikni buzishda birinchilardan. Hech bo‘lmaganda, bunda men Yevropa Ittifoqi uchun tiklanish imkoniyatini ko‘rapman", - deb yozadi HarryManback.
Siyosiy va kredit qaramligi: YeI bilan do‘stlik Ukrainaga nima keltirdi
"Men iqtisodiy jihatdan kuchli, zamonaviy, dunyoviy, inson huquqlari hurmat qilinadigan Yevropa Ittifoqini ko‘rishni xohlayman, Polsha va Vengriya esa unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi", - deya ta’kidlaydi TEW nikli foydalanuvchi.
Shuningdek, ular orasida, agar pul olib turmaganida, Polshaning o‘zi bu ittifoqni ancha oldin tark etgan bo‘lishi mumkin edi, degan taxminlar ham yangradi.
Polsha sharqiy chegarada 250ta amerika tanklarini joylashtiradi
"Hamma Polsha faqatgina pul uchun hali ham YeI a’zosi ekanligini biladi. Agar sof donor bo‘lganida edi, u allaqachon chiqib ketgan bo‘lardi. Bu Vengriyaga ham tegishli", - deydi Krude.
Hans7890 nikli foydalanuvchi esa "Eng muhimi, to‘lovlarni to‘xtating!", - deya chorlagan .
Adliya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Didye Reynders esa ushbu voqealar fonida Polshada yevropa huquqi hurmat qilinishi uchun Yevrokomissiya bor imkoniyatni ishga solishini va’da qilmoqda.