Kamilov Nur-Sultonda afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini muhokama qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv 11-12 oktabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tadi.
Majlisda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan
Bundan tashqari, Afg‘onistondagi vaziyat, jumladan, gumanitar inqirozni oldini olish maqsadida afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini muhokama kun tartibidan o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Xitoy afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni muhokama qildi