JSST bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ma’qulladi

Bu vaksinani ishlab chiqishga 30-yil ketgan. Uning klinik tadqiqotlarida Gana, Keniya va Malavidagi 800 mingdan ziyod bola qatnashgan.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarixda ilk bor bezgakka qarshi RTS,S/AS01 vaksinadan foydalanishni ma’qulladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.
Vaksinaning klinik tadqiqotlarida Gana, Keniya va Malavida o‘tkazilgan. Unda 800 mingdan ziyod bola qatnashgan.
“Bu tarixiy on. Uzoq kutilgan bolalar uchun bezgakka qarshi vaksina – bu fan, bolalar salomatligi va bezgak ustidagi nazorat uchun yutuqdir”, - dedi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.
U RTS,S/AS01 vaksinasining bu xavfli kasallikka qarshi kurashishda boshqa vositalar bilan birgalikda qo‘llanishi “har yili o‘n minglab hayotlarni saqlab qolishi mumkinligini” ta’kidladi.
Bezgak (malyariya) – odamlarga chivin chaqishi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Kasallikni Plasmodium turidagi parazitlar qo‘zg‘atadi. U o‘zi bilan isitma, titroq, jigar va taloq shishishini olib keladi.
O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi
JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, barcha turdagi bezgaklar Yer sharining 220 mlnga yaqin aholisini kasallantiradi. 2019-yilda bu kasallikdan 400 mingga yaqin kishi vafot etgan, ulardan 260 ming nafari – bu Sahroi Kabirdan janubroqdagi mamlakatlarda yashaydigan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar.
RTS,S/AS01 vaksinasi bezgakning eng xavflisi – parazit Plasmodium falciparum ga qarshi kurashadi. Bu vaksinani 30-yil ishlab chiqishgan.
Vaksina 39 foiz hollarda infeksiyaning oldini olgan va 29 foiz hollarda kasallikning og‘irlashish ehtimolini kamaytirgan. Ammo bezgakka qarshi dorilar bilan birgalikda vaksinaning jiddiy kasallik va o‘limga qarshi samaradorligi 70 foizgacha oshgan.