TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Sirdaryo viloyati va Tojikiston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga safari - saylovchilar bilan uchrashuvida ma’lum qilgan.
Ushbu marshrut Farg‘ona vodiysi orqali o‘tishi rejalashtirilgan. Bu uchun muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
"Avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi va yangilari quriladi. Viloyatni Tojikiston orqali Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi tranzit avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi", - degan davlat rahbari.
Shuningdek, uyelgusi besh yilda viloyatda 10 ming xonadonli uy-joylar barpo etilishi rejalashtirilgan. Ichimlik suvi va oqova tarmoqlari yaxshilanadi.