TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi toliblar delegatsiyasini Afg‘oniston bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun 20-oktabr kuni Moskvaga taklif qilmoqda.
"RF toliblarni ("Toliban"* harakati RFda terrorchi tashkilot deb tan olingan va taqiqlangan) Afg‘oniston bo‘yicha "Moskva formati"dagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 20-oktabrda Moskvaga taklif etdi", - deyiladi xabarda.
Bu haqda jurnalistlarga RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, RF TIV Ossiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qilgan.
Diplomat toliblar delegatsiyasiga kim boshchilik qilishi haqidagi savolga aniqlik kiritmagan.